Kod yozuvchi qo‘l emas, Nima yozishni biladigan miyamiz

O'zbekistondagi zavod, ombor, logistika, qurilish va savdo bizneslariga ichki boshqaruv tizimlari, jarayon avtomatlashtirish va sun'iy intellekt yechimlarini quramiz.

Human brain transitioning into animated cyan computational circuitry

Eng yaxshi kompaniyalar bizga ishonadi

Bekuz Group LLC
OOO Namangan Qog‘oz
OOO Петропрофф
Stoneblack Trading LLC FZ
Equinox Global LLC FZ

Bu gaplar tanish tuyulsa — gaplashamiz

"Bizga CRM kerak"

Mijoz qayerda yo'qolayotganini bilmamiz

"Ombor tizimi kerak"

Qoldiq noto'g'ri, tovar yo'qolyapti

"Hisobot kerak"

Har hisobot uch kun oladi, qaror ma'lumotsiz qabul qilinyapti

"Excel ishlamayapti"

Bir xil raqam uch joyda uch xil

"Xodimlar sekin ishlaydi"

Jarayon noaniq — har kim o'zicha qilyapti

"AI qo'shmoqchimiz"

Nima uchun kerakligi noma'lum — raqobatchida bor deb eshitdik

Biz so'ralgan narsani emas — haqiqiy og'riqni topamiz.

Qanday ishlaymiz

  1. Discovery jarayoni

    Discovery jarayoni orqali biznesingiz, ish jarayonlaringiz va maqsadlaringiz haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Bu jarayonni shunchaki siz bilan tanishish uchun tashkil qilmaganmiz. Siz bilan o‘tkazadigan 30 daqiqalik muloqot davomida ish jarayonlaringizda o‘zingiz ilg‘amagan muammolarni aniqlashimiz va mavjud muammolaringizga samarali yechimlar topishimiz mumkin.

  2. Rejalashtirish jarayoni

    Siz bilan kelishuv amalga oshirilgandan so‘ng, Discovery jarayonida to‘plangan ma’lumotlarimiz asosida puxta texnik reja ishlab chiqamiz. Ushbu jarayonda jamoamiz birgalikda sizga kerak bo‘ladigan tizimning ichki infratuzilmasi, system design va boshqa texnik jihatlarini chuqur tahlil qilib, batafsil reja tuzadi.

    Bu jarayonda siz ham bevosita ishtirok etasiz. Rejalashtirish davomida tizimning qaysi qismida nima bo‘lishini siz bilan birgalikda belgilaymiz va tasdiqlaymiz. Reja to‘liq tasdiqlangandan keyingina ishlab chiqish jarayoniga o‘tamiz va tasdiqlangan rejani o‘zgarmas asos sifatida qabul qilamiz. Bu tizimning sifatli va izchil ishlab chiqilishi uchun muhim.

  3. Ishlab chiqish jarayoni

    Rejalashtirish jarayonida ishlab chiqilgan puxta va batafsil reja asosida tizimni ishlab chiqishga kirishamiz. Bu jarayonda ko‘p yillik tajribaga ega dasturchilardan tashkil topgan jamoamiz professional yondashuv asosida ishlaydi.

    Bizni boshqa IT kompaniyalardan ajratib turadigan jihatlardan biri — ish jarayonida ochiq va faol muloqotga katta e’tibor berishimiz. Jamoa a’zolari bir-birining xatolari, texnik qarorlari va xulosalarini ochiq muhokama va tanqid qiladilar. Bu yondashuv ish sifatini doimiy ravishda oshirishga katta hissa qo‘shadi.

  4. Test jarayoni

    Ishlab chiqilgan mahsulotni tajribali QA testerlarimiz tomonidan doimiy ravishda testdan o‘tkazamiz. Tizimning turli jihatlarini, jumladan, ichki xatoliklar, dizayn kamchiliklari, nomuvofiq animatsiyalar, uzoq muddatli foydalanish bilan bog‘liq muammolar, tizimning yuqori yuklamalarga bardoshliligi va boshqa ehtimoliy xatoliklarni tekshiramiz.

  5. Joriy qilish jarayoni

    Mahsulot tayyor bo‘lgach, uni joriy qilish, ya’ni onlayn serverga joylashtirish jarayoniga o‘tamiz. Tayyor mahsulot foydalanuvchilar uchun doimiy va barqaror ishlashi uchun uni internet orqali foydalanish mumkin bo‘lgan maxsus serverga joylashtirish zarur.

  6. Qo‘llab-quvvatlash

    Mahsulotni sizga topshirish bilan hamkorligimizni yakunlamaymiz. Tizimning uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlashda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni bartaraf etishda yoki yangi funksiyalarni qo‘shishda sizni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlaymiz.

Biz foydalanadigan texnologiyalar

  • GitHub
  • GitLab
  • Python
  • JavaScript
  • Flutter
  • Docker
  • Kubernetes
  • PostgreSQL
  • Redis
  • VS Code

Mijozlarimiz PFC Solutions haqida nima deydi

Ahror Nazarov

Bir necha oy davomida kompaniyamizning ichki ish jarayonlarini keng qamrovli tahlil qilib, muammolarimizga yechim topa oladigan IT kompaniyani izladik. PFC Solutions kompaniyasi bilan ma’lum muddat davomida biznesimiz va ish jarayonlarimiz haqida batafsil suhbatlashdik. Ushbu muloqot davomida PFC Solutions ham boshqa kompaniyalar kabi an’anaviy jamoa degan dastlabki taxminim butunlay o‘zgardi. Eng qizig‘i, ular ishlab chiqqan dasturiy ta’minotga moslashishimiz yoki uni alohida o‘rganishimizga umuman hojat qolmadi. Tizim interfeysi intuitiv, ishlash tezligi esa juda yuqori. Kelajakda PFC Solutions bilan yana hamkorlik qilishga umid qilaman.

Ahror Nazarov

Ishlab chiqarish zavodi menejeri
Sardor Azimov

Bizda avvaldan mavjud ichki dasturiy ta’minot bo‘lib, qo‘shimcha ravishda 1C dasturidan ham foydalanardik. Ko‘p hollarda 1C tizimiga kiritilgan moliyaviy ko‘rsatkichlar va hisob-kitoblar ichki tizimimizdagi ma’lumotlardan farq qilardi. Bu tafovutlarni aniqlash va bartaraf etishning o‘ziga bir necha soat vaqt sarflardik. PFC Solutions kompaniyasi “Discovery” jarayonida biz bilan faol muloqot qilib, ushbu muammoni tezda aniqladi va biz kutmagan samarali yechimni taklif qildi. Ularning ish jarayoni va jamoaviy birdamligi onlayn uchrashuvlarimiz davomida yaqqol namoyon bo‘ldi. O‘ylaymanki, PFC Solutions bilan hamkorligimiz hali uzoq yillar davom etadi.

Sardor Azimov

Kiyim ishlab chiqarish zavodi sotuv menejeri
Anvar Raximboyev

Bizning qurilish kompaniyamiz an’anaviy va odatiy tizim asosida ishlardi hamda CRM platformasidan foydalanardik. Tizimga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va ular asosida biznes qarorlarini qabul qilish uchun bir nechta maxsus mutaxassislarni yollagan edik. Shunga qaramay, bu jarayon ko‘p vaqt talab qilardi. Ochig‘ini aytganda, qurilish kompaniyasi sifatida qanday yo‘l tutishimiz va qanday yechim kerakligini aniq bilmasdik. Shu sababli soha bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislarni izlay boshladik va PFC Solutions kompaniyasiga e’tiborimiz tushdi. Ular kompaniyamiz ehtiyojlariga moslashtirilgan sun’iy intellekt agentini ishlab chiqishdi. Hozirda ish jarayonlarimiz taxminan 45 foizga tezlashdi. Natijada mavjud ishchi kuchi bilan deyarli ikki baravar ko‘p ishni bajarishga ulguryapmiz.

Anvar Raximboyev

Richard Blocks Qurilish kompaniyasi HR mutaxasisi

Va shunga o'xshash yuzlab ijobiy fikr-mulohazalar

Muammoingizni tushunishdan boshlaymiz

30 daqiqalik suhbat. Sotuv emas — savol. Biznesingizni tushunamiz va sizga mos kelamizmi yoki yo'qmi, ochiq aytamiz.

Ma'lumotlaringiz uchinchi tomonga berilmaydi.

Tizim interfeysi intuitiv, ishlash tezligi esa juda yuqori.

Ahror Nazarov

Ishlab chiqarish zavodi menejeri

Ko'p so'raladigan savollar

Chunki bepul tahlil va pullik Discovery — bir xil ish emas. Bepul tahlilda: mijoz jiddiy qaramaydi, ma'lumotga kirish berilmaydi, biz taxmin qilamiz, narx keyin o'zgaradi. Pullik Discovery'da: mijoz vaqt va odam ajratadi, kirish beriladi, biz bilamiz, narx aniq va o'zgarmaydi.

Yo'q. Discovery'siz biz taxmin qilamiz va narx keyin o'zgaradi. Discovery'dan keyin narx aniq va o'zgarmaydi.

Ha. Kod va hujjat mijozga tegishli, birga topshiriladi — to'liq to'lovdan keyin.

Xizmatga bog'liq. Ichki boshqaruv tizimlari — 3–8 oy, jarayonlarni avtomatlashtirish — 1–4 oy, AI yechimlari va agentlar — 1–5 oy, integratsiya va ma'lumot — 1–3 oy, sayt va veb yechimlar — 2–8 hafta.

Uch qismda — 30% / 50% / 20%.

Kafolat 3 oy — topshirish aktidan boshlab, keyin SLA bilan qo'llab-quvvatlash shartnomasi.