Qanday ishlaymiz
Bepul tahlil
- Mijoz jiddiy qaramaydi
- Ma'lumotga kirish berilmaydi
- Biz taxmin qilamiz
- Narx keyin o'zgaradi
Pullik Discovery
- Mijoz vaqt va odam ajratadi
- Kirish beriladi
- Biz bilamiz
- Narx aniq va o'zgarmaydi
Biznes tahlili — biznes qanday pul topadi
Jarayon tahlili — ish qanday bajariladi
Og'riq nuqtalari — qayerda pul yo'qoladi
Imkoniyat baholash — nimani avtomatlashtiramiz
Maqsad — to'g'ri muammoni topish, yechim taklif qilish emas.
Discovery jarayoni
Discovery jarayoni orqali biznesingiz, ish jarayonlaringiz va maqsadlaringiz haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Bu jarayonni shunchaki siz bilan tanishish uchun tashkil qilmaganmiz. Siz bilan o‘tkazadigan 30 daqiqalik muloqot davomida ish jarayonlaringizda o‘zingiz ilg‘amagan muammolarni aniqlashimiz va mavjud muammolaringizga samarali yechimlar topishimiz mumkin.

Rejalashtirish jarayoni
Siz bilan kelishuv amalga oshirilgandan so‘ng, Discovery jarayonida to‘plangan ma’lumotlarimiz asosida puxta texnik reja ishlab chiqamiz. Ushbu jarayonda jamoamiz birgalikda sizga kerak bo‘ladigan tizimning ichki infratuzilmasi, system design va boshqa texnik jihatlarini chuqur tahlil qilib, batafsil reja tuzadi.
Bu jarayonda siz ham bevosita ishtirok etasiz. Rejalashtirish davomida tizimning qaysi qismida nima bo‘lishini siz bilan birgalikda belgilaymiz va tasdiqlaymiz. Reja to‘liq tasdiqlangandan keyingina ishlab chiqish jarayoniga o‘tamiz va tasdiqlangan rejani o‘zgarmas asos sifatida qabul qilamiz. Bu tizimning sifatli va izchil ishlab chiqilishi uchun muhim.

Ishlab chiqish jarayoni
Rejalashtirish jarayonida ishlab chiqilgan puxta va batafsil reja asosida tizimni ishlab chiqishga kirishamiz. Bu jarayonda ko‘p yillik tajribaga ega dasturchilardan tashkil topgan jamoamiz professional yondashuv asosida ishlaydi.
Bizni boshqa IT kompaniyalardan ajratib turadigan jihatlardan biri — ish jarayonida ochiq va faol muloqotga katta e’tibor berishimiz. Jamoa a’zolari bir-birining xatolari, texnik qarorlari va xulosalarini ochiq muhokama va tanqid qiladilar. Bu yondashuv ish sifatini doimiy ravishda oshirishga katta hissa qo‘shadi.

Test jarayoni
Ishlab chiqilgan mahsulotni tajribali QA testerlarimiz tomonidan doimiy ravishda testdan o‘tkazamiz. Tizimning turli jihatlarini, jumladan, ichki xatoliklar, dizayn kamchiliklari, nomuvofiq animatsiyalar, uzoq muddatli foydalanish bilan bog‘liq muammolar, tizimning yuqori yuklamalarga bardoshliligi va boshqa ehtimoliy xatoliklarni tekshiramiz.

Joriy qilish jarayoni
Mahsulot tayyor bo‘lgach, uni joriy qilish, ya’ni onlayn serverga joylashtirish jarayoniga o‘tamiz. Tayyor mahsulot foydalanuvchilar uchun doimiy va barqaror ishlashi uchun uni internet orqali foydalanish mumkin bo‘lgan maxsus serverga joylashtirish zarur.

Qo‘llab-quvvatlash
Mahsulotni sizga topshirish bilan hamkorligimizni yakunlamaymiz. Tizimning uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlashda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni bartaraf etishda yoki yangi funksiyalarni qo‘shishda sizni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlaymiz.

Har hafta — yozma holat hisoboti · Har 2 hafta — ishlaydigan demo · Har bosqich oxirida — qabul
Kafolat 3 oy — topshirish aktidan boshlab.