Sayt haqida gap ketganda, ko‘pincha uning vazifasi “biznesingizni internetda ko‘rsatish” deb tushuniladi. Bu juda tor qarash.
Bugungi kunda veb-sayt kompaniyangiz haqida ma’lumot beradigan raqamli buklet bo‘lishi ham mumkin, mijozlarni qabul qiladigan savdo kanali bo‘lishi ham mumkin, xodimlar ishlaydigan ichki platforma bo‘lishi ham mumkin. Ba’zan esa butun mahsulotning o‘zi saytning ichida yashaydi.
Shuning uchun biz saytni faqat dizayn va sahifalar to‘plami sifatida ko‘rmaymiz. Biz veb yechimni foydalanuvchi ko‘radigan interfeys, biznes logikasi va uning orqasida ishlaydigan texnik infratuzilmaning birgalikdagi natijasi deb qaraymiz.
Oddiy landing page bir necha soniya ichida kompaniyangiz haqida taassurot yaratishi mumkin. Ammo murakkab web application foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazadi, to‘lovni qabul qiladi, ma’lumotlarni qayta ishlaydi, boshqa servislar bilan aloqa qiladi va minglab foydalanuvchilarga bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Shuning uchun “sayt kerak” degan gapning o‘zi biz uchun hali texnik topshiriq emas. Biz avval saytning nima qilishi kerakligini tushunamiz.
Kim foydalanadi? Nima uchun foydalanadi? Qaysi harakat eng muhim? Sayt foydalanuvchini qayerga olib borishi kerak? Qaysi ma’lumot tizimga kiradi va undan keyin nima sodir bo‘ladi?
Ana shu savollarning javoblari web yechimning asl shaklini belgilaydi.
Biz marketing saytlari, korporativ platformalar, e-commerce loyihalar, web application'lar, mijoz portallari va biznes uchun maxsus ishlab chiqilgan veb yechimlarni yaratamiz.
Biz nimaga e’tibor beramiz?
Foydalanuvchi kerakli harakatni ortiqcha o‘ylamasdan bajara olishi kerak.
Chiroyli saytning sekin ishlashi uni yaxshi saytga aylantirmaydi. Tezlik ham mahsulotning bir qismidir.
Tizim turli ekranlar va qurilmalarda barqaror ishlashi kerak.
Foydalanuvchi ma’lumotlari, autentifikatsiya, to‘lovlar va boshqa muhim qismlar boshidanoq xavfsizlikni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Bugun 100 foydalanuvchi uchun ishlaydigan yechim ertaga 100 000 foydalanuvchi kelganda butunlay qayta qurilmasligi kerak.